Konsultatsiya olish
Telegram Instagram
"Cambridge LC" o'quv markazidan yangi loyiha:

Jahon tajribasiga asoslangan milliy ta'lim!

Jahongir Po'latov – Cambridge LC, Modme, Cambridge Kidzzz va Jahon School asoschisi, ta'lim sohasida innovatsion tashabbuskor.

Ma'lumot olish
🎓 1-11 sinf
📱 Maxsus ilova

Nega Jahon School'ni
tanlashingiz kerak?

Farzandingiz uchun kompleks yechim izlayotgan bo'lsangiz, Jahon School aynan to'g'ri manzil!

💻

Texnologik maktab

  • LMS va geymifikatsiya
  • Ustozlar, o'quvchilar va ota-ona uchun mobil ilova
  • Sun'iy intellekt ustiga qurilgan salohiyatni aniqlash tizimi
🎯

Ixtisoslashgan ta'lim

O'quvchining salohiyatidan kelib chiqqan holda aniq, tabiiy yoki ijtimoiy fanlardan biriga chuqurlashuv

🤝

Ijtimoiy xulq-atvor

Yaponiya va Janubiy Koreya ta'lim yutuqlariga asoslangan maktab muhiti va "Ijtimoiy etiket" to'garaklari

🌱

Hayotiy ko'nikmalar

O'quvchiga katta hayotda kerak bo'ladigan ko'nikmalar uchun maxsus 11 yillik "SkillDev" dasturi

Qanday muammolarga
yechim beramiz?

Biz sizning og'riqlaringizdan xabardormiz va ularga yechim berish biz uchun muhim!

Ota-ona

"Farzandim maktabda yetarli bilimlarni ololmayapti."

Jahon School

Bosh maqsadimiz – sifatli ta'lim berib, barcha fanlardan poydevor bilimlarga ega, dunyoqarashi keng va mustaqil fikrlovchi yoshlarni chiqarish.

Ota-ona

"Farzandim qaysi fan va sohaga qiziqishini aniqlay olmayapti."

Jahon School

O'quvchining salohiyatini aniqlab, 9-sinfdan chuqurlashgan fanlarga yo'naltiramiz va kelajak kasbini tanlashga ko'maklashamiz.

Ota-ona

"Farzandimda o'ziga ishonch kam, muloqotda qiynaladi."

Jahon School

O'quvchida shaxsiy va ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan 11 yillik "SkillDev" maxsus dasturimiz.

Ota-ona

"Farzandimni qo'shimcha kurs va to'garaklarga berishga majburman."

Jahon School

Maktabimiz farzandingizning barcha ehtiyojlarini qondiradi: IELTS, SAT, IT, sport va boshqa to'garaklar.

Jahon School imkoniyatlari

Farzandingiz o'qishdagi qiyinchiliklarini oson va samarali hal qilishga yordam beramiz!

📚 To'liq texnologik maktab: maxsus ilova, geymifikatsiya va LMS
🏃 Ochiq va yopiq sport majmuasi
📖 Kitobxonlikka qiziqtirish va mutolaa darslari
💻 Sinflar kesimida IT, sport va san'at to'garaklari
🔒 Yopiq va qo'riqlanadigan xavfsiz hudud
🚗 Avtomobillar uchun alohida kirish-chiqish yo'lagi
🍰 Qizlar uchun "Safia" qandolatchilik burchagi
📍 Metroga yaqin qulay joylashuv
🏫 1.5 gektardan ortiq hududda joylashgan keng va shinam maktab
📊 Oyma-oy ota-ona uchun hisobot va kuzatuv tizimi

O'quv dasturlarimiz

Eng yaxshi ta'lim sifati, tajribali o'qituvchilar va innovatsion yondashuv bilan farzandingiz kelajagini biz bilan yarating!

Boshlang'ich

1–4 sinflar uchun

O'quvchilarda ilmga muhabbat paydo qilish qatorida boshlang'ich bilimlar, hayotiy ko'nikmalar va ijtimoiy odoblarni shakllantirish jarayoni.

Batafsil ma'lumot
O'rta

5–8 sinflar uchun

Barcha fanlardan poydevor bilimlarni egallash, tanqidiy-tahliliy fikrlash va muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish hamda xorijiy tillardan birini o'zlashtirish jarayoni.

Batafsil ma'lumot
Yuqori

9–11 sinflar uchun

O'quvchining salohiyatidan kelib chiqqan holda aniq, tabiiy yoki ijtimoiy fanlardan biriga chuqurlashuv, karyerani aniqlash va oliygohga tayyorgarlik bosqichi.

Batafsil ma'lumot

Bizning jamoa

Farzandingizga sifatli ta'lim berish uchun biz eng yaxshi mutaxassislardan iborat jamoa tuzishga kirishdik

Jahongir Po'latov

Jahon School asoschisi

Javohir Izzatulloh

Jahon School direktori

Obidjon Latipov

Direktor o'rinbosari, O'quvchilarni kompleks rivojlantirish bo'yicha mudir

Guzal Abdullayeva

O'quv-tashkiliy ishlar bo'yicha mudir

Shahbozbek Sotvoldiyev

Texnik foydalanish va xo'jalik ishlari bo'yicha mudir

Mahfuza Erkinova

O'quvchilarni rivojlantirish loyihalari menejeri

Bobirjon Sobirjanov

Sifat nazorati markazi yetakchisi

Sevara Dushayeva

HR-menejer

Qabul jarayoni

Jahon School o'z farzandining kelajagi uchun befarq bo'lmagan ota-onalarni tezkor qadamlardan iborat qabul jarayoniga taklif etadi.

01

Maktabga tashrif

Jahon School jamoasi maktab hududida ota-onalarni kutib olib, ularning barcha savollariga javob berishga tayyor.

02

Maktab bilan tanishuv

Har bir ota-onaga individual yondashuv asosida maktab va undagi barcha sharoitlar haqida ma'lumot beriladi.

03

Ota-ona bilan suhbat

Qabul komissiyasi a'zolari farzandini maktabimizda o'qitish qarorini qabul qilgan har bir ota-ona bilan suhbat o'tkazadi.

04

Psixolog suhbati

Maktab psixologi o'quvchining Jahon School'da o'qish uchun tayyorlik darajasi, xulq-atvori va moslashuvchanligini baholaydi.

05

O'quvchining bilimini o'lchash

O'quvchining poydevor fanlardan bilim darajasini aniqlash uchun osonlashtirilgan test sinovlari o'tkaziladi.

06

Qabul

Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan ota-ona va o'quvchi Jahon School'da o'z o'rnini band qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ushbu bosqichda shartnoma imzolanadi.

Maktabimiz haqida savollaringiz bormi?

Ma'lumotlaringizni yozib qoldiring va biz sizga tez orada bog'lanamiz.

✓ Rahmat! Ma'lumotlaringiz qabul qilindi.

Ko'p beriladigan savollar

Quyida bizdan tez-tez so'raladigan savollar uchun javoblarni tayyorlab qo'ydik.

Maktabimizda yotoqxona mavjud emas.
Albatta, bor. Maktabning yillik to'lovini yo ikkiga bo'lib har 6 oyda yoki oyma-oy to'lov uslubida amalga oshirishingiz mumkin.
Jahon School ta'lim xizmatlari uchun to'lov miqdori faqat bir yilda bir marta o'zgarishi mumkin.
Jahon School'da shahrimizning eng malakali ustozlari ta'lim berishadi.
O'quvchilar maktabda uch mahal taomlanishadi. Taomnoma tibbiyot va dietologiya talablaridan kelib chiqqan holda mutaxassislar tomonidan tuziladi.
Maktabda o'quvchilar o'rtasidagi ijtimoiy tafovutni bartaraf etish va o'zaro tenglik hissini ta'minlash maqsadida barcha uchun qulay maktab formasi joriy qilingan.
Maktabimiz 2025-yil 1-iyungacha bo'lgan ilk qabul mavsumi uchun 15% chegirma e'lon qiladi.
Maktab to'liq IT yechimlar ustiga qurilgan bo'lib, ota-ona o'quvchining davomati, o'zlashtirishi, ruhiy holati va sog'lig'i haqida maxsus ilova orqali oyma-oy hisobot qabul qiladi.